Skip to content

Docker - haqida uzbek tilida. Bu mal+umotlar endi boshlayotganlar uchun foydali boladi deb umid qilaman

Notifications You must be signed in to change notification settings

temirovuz/docker_commands

Folders and files

NameName
Last commit message
Last commit date

Latest commit

 

History

37 Commits
 
 
 
 

Repository files navigation

Docker haqida ma'lumotlar o'zbek tilida

Docker — bu dasturlarni konteynerlarda ishga tushirish uchun foydalaniladigan ochiq kodli platforma. Docker yordamida dasturlarni barcha kerakli kutubxonalar va bog'liqliklar bilan birga qadoqlab, turli muhitlarda bir xil ishlashini ta'minlash mumkin

Docker Asosiy buyruqlar

🔰Docker versiasini bilish

docker -v

📄Docker haqida butun tizim ma'lumotlari ko'rish

docker info

🔰Docker accuntga kirishw

docker login

🔰Docker accountdan chiqish

docker logout

Docker HUB dan image qidirish uchun quidagi buyruqdan foylanish mumkin

docker search image_name

Docker HUBdagi image yuklab olish uchun

docker pull image_name

🗃 CONTAINER HAQIDA QISQACHA

Docker Container - Bu Docker Image asosida ishlaydigan izolaysiyalangan muhitdir. Har bir kontenyer o'z operatsion tizim kutubxonalari va bo'gliqliklari bilan birga keldi.

Dockerda 2 xil commandlar mavjud bular

  1. Management command
  2. Commands

🔶Docker container ro'yxatini ko'rish kodi

docker container ls -a

Docker image va container o'rtasidagi farq

  • image bu darturimiz filelar
  • container image ishlab turgan xolati Yani ishlab turgan image bu CONTAINER

🔰Kiritilgan image Yaratadi va ishga tushurish uchun

docker container run image_name

Containerni qayta ishga tushurish uchun

docker restart container_id

To'xtab turgan containerni ishga tushurish kodi quidagicha 👇

docker container start container_id

🛑Ishlab turgan containerni to'xtatishni 2 xil usuli mavjud

  1. docker container stop container_id
    
  2. docker container kill container_id 
    

🔰 Containerga ulanish uchun quidagicha buyruq berish lozim! 👇

docker container attach container_id

Containerni o'chirishsh buyrug'i quidagicha 👇

docker container rm kontainer_id

🔠 Barcha ishlamayotgan containerlarni o'chirish uchun quidagicha buyruqdan foyadalanish kerak

docker container prune

Docker containerdagi loglarni korish uchun

docker logs container_id

IMAGE haqida

Docker Images - Bu docker containerlarni yaratish uchun ishlatiladigan statik andozalar. Ular dastur va uning barcha bog'liqliklarining o'z ichiga oladi. Docker images Docker HUB yoki boshqa Docker registerlaridan yuklanishi mumkin

🔰 Imageni ishga tushurish quidagicha

docker image run image_name

Imageni faqaat bittasini o'chirish quidagicha

docker image rmi image_name

Barcha ishlamayotgan imagelarni ochirish uchun

docker image prune

🔶 Imagelar royxatini korish uchun

docker images

Volumes haqida

Docker Volumes (Xotira hajmi) - kontaynerda ishlatiladigan malumotlarni saqlash va boshqarish uchun ishlatiladi. Kontaynerlar odatda efemeral (muddati cheklangan) boladi. Yani kontayber ochganda yoki qayta ishga tushurilganda malumotlar yoqoladi. Docker Volumes esa malumotlarni uzoq mudatli saqlash imkonini beradi.

Docker Volumes-ni asosiy maqsadi - Konteynerlarning o'zgaruvchan malumotlarini saqlash va konteynerlar o'rtasida umumiy malumotlarni ulashishdir

Docker Volumes asosiy xususiyatlari

  1. Persistent Storage (Doimiy xotira)
    • Volumes yordamida saqlangan ma'lumotlar konteyner o‘chirilgandan so‘ng ham saqlanadi.
    • Konteyner qayta ishga tushirilganda ma'lumotlar o‘z holatida qoladi.
  2. Data Sharing (Ma'lumot ulashish)
    • Bir nechta konteynerlar bir xil volume-ni ulashishi mumkin.
    • Bu konteynerlar orasida umumiy ma'lumotlar bilan ishlashni osonlashtiradi.
  3. Backup and Restore (Zaxira nusxalarini olish va tiklash)
    • Volume malumotlarni zaxiralash va qayta tiklashni soddalashtiradi.
    • Ma'lumotlar volume-lardan osongina eksport va import qilinishi mumkin.
  4. Performance (Ishlash tezligi)
    • Volumes odatda host tizimida saqlanadi, bu esa yuqori ish tezligini ta'minlaydi.
    • Konteyner ichida saqlangan ma'lumotlardan ko‘ra volumes ma'lumotlari tezroq va samaraliroq ishlaydi.

Barcha volumelar royxati

docker volume ls

Volume yaratish

docker volume create volume_name

Volumeni bittasini o'chirish

docker volume rm volume_name

Barcha Volumlarni ochirish uchun

docker volume prune

🌐 Docker NETWORKING haqida

Docker tarmog'ida 3 asosiy tarmoq turi mavjud

  1. Bridge Network (Ko'plik tarmo'gi)
    • Bu Docker-da yaratilgan asosiy tarmoq turi
    • Ushbu tarmoq turi Default bridge deb ham ataladi.
    • Konteynerlar faqat bir xil hostda bo‘lganda bir-biri bilan aloqa qila oladi.
  2. Host Network (Host tarmo'gi)
    • Bu tarmoq turi konteynerlarni Docker host tarmog‘iga bevosita ulaydi.
    • u tarmoqda konteynerlar hostning IP-manzilini va portlarini ishlatadi.
    • Konteynerlar bir xil hostda joylashgan barcha xizmatlar bilan bevosita aloqa o‘rnatishi mumkin.
  3. Overlay Network (Overlay tarmog‘i)
    • Bu tarmoq turi Docker swarm yoki Docker Enterprise-da foydalaniladi.
    • Bir nechta Docker hostlari orasida tarqalgan konteynerlarni ulaydi.
    • Bu tarmoq distributed environment (taqsimlangan muhit) uchun juda foydali.

Barcha Networking ro'yxati

docker network ls

Networking yaratish

docker network create network_name

Networking bittasini o'chirish

docker neteork rm network_name

Barcha Networkinglarni o'chirish

docker network prune

🐋 Docker-Compose

Docker Compose - Bu bir nechta docker konteynerlarni birgalikda boshqarish uchun ishlatiladigan vosita. Docker Compose yordamida bir nechta xizmatlarni bitta konfiguratsiya fayli yordamida sozlash va ishga tushurish mumkin

Docker-compose fileni ishga tushurish

docker-compose up

Docker-compose ish faoliyani to'xtatish

docker-compose down

Docker-composelar ro'yxatini korish

docker-compose ps

About

Docker - haqida uzbek tilida. Bu mal+umotlar endi boshlayotganlar uchun foydali boladi deb umid qilaman

Topics

Resources

Stars

Watchers

Forks

Releases

No releases published

Packages